Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida ayollar birinchi marta harbiy paradda ishtirok etdi
Saudiya Arabistoni milliy kunining 91 yilligi munosabati bilan o‘tgan harbiy paradda turli unvonlardagi ayol harbiylar ham ishtirok etdi. Bu haqda Dhaka Tribune nashri ma'lum qildi. E'tiborlisi, bu podshohlikda ayol harbiylarning ilk bor harbiy paradda ishshtirok etishidir.
Paradlar poytaxt Ar-Riyod va Jiddada bo‘lib o‘tgan. Paradlarni yuzlab tomoshabinlar bevosita kuzatgan.
Ushbu qadam valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning “Nigoh 2030” tashabbusi doirasida amalga oshirilgan. Tashabbus saudiyalik ayollarning turli sohalardagi mavqeini yaxshilashga qaratilgan islohotlarni ko‘zda tutadi.
Jumladan, ayollarga Saudiya Arabistoni armiyasida, havoga qarshi mudofaa kuchlarida, harbiy flotda, strategik vazifalarni bajaruvchi raketa kuchlarida va qurolli kuchlarning tibbiy xizmatlarida xizmat qilishga ruxsat berilgan.
Shuningdek, 2019 yilda Saudiya Arabistonida yoshi katta ayollarga erkak qarindoshi ruxsatisiz sayohat qilishga ruxsat berilgan.
Bundan tashqari, ayollarga avtomobil haydashga, sportzallar va futbol stadionlariga tashrif buyurishga, restoranlarda ishlash va o‘z biznesini ochishga, jarrohlik amaliyotlariga o‘zi mustaqil rozilik berishga ruxsat berilgan. Shu bilan birga, podshohlik ayollari hamon erkak qarindoshining ruxsatisiz erga chiqa olmaydilar.
Saudiya Arabistoni milliy kuni 1932 yilda podshoh Abdulaziz Ol Saud farmoni bilan Najd va Hijoz podshohliklari Saudiya Arabistoni podshohligiga birlashtirilgani munosabati bilan har yil 23 sentyabrda nishonlanadi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
08:50 / 21.05.2025
4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025