Jahon | 21:07 / 26.09.2021
11960
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyadagi saylovlarga Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi bomba “aralashdi” 

Foto: 1.wdr.de

Germaniyaning g‘arbida joylashgan Vuppertal shahri ma'muriyati aholiga murojaat qilib, Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi bombani zararsizlantirish bo‘yicha amaliyot o‘tkazilishi sababli bundestagga saylovlarda ovoz berish uchun saylov uchastkalariga bormay turishni iltimos qildi.

Die Zeit nashrining xabar berishicha, bomba topilgan joydan 500 metrlik radiusda 5ta saylov uchastkasi joylashgan bo‘lib, aholiga bomba zararsizlantirilgandan keyin saylov uchastkalariga kelishlari mumkinligi aytilgan.

Bomba saylovlar kunidan bir kun avval, 25 sentyabrda topilgan. Shu sababli qutqaruvchilar 26 sentyabrga o‘tar kechasi yaqin atrofdagi uylardan 1,5 mingga yaqin odamni evakuatsiya qilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid