Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada yonilg‘i inqirozi kelib chiqdi
Yonilg‘i inqirozi yuk mashinalari haydovchilari yetishmasligi oqibatida yuzaga kelgan yetkazib berishdagi uzilishlar sababli paydo bo‘ldi.
Buyuk Britaniyada yonilg‘i taqchilligi sababli AYoQShlar ommaviy ravishda yopilmoqda, deb xabar berdi Associated press.
Ishlab turgan AYoQShlarda ulkan navbatlar paydo bo‘lgan. Haydovchilar navbati kelishini soatlab kutishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Qariyb 5500ta sotuv nuqtasini birlashtiruvchi Chakana benzin sotuvchilar assotsiatsiyasi uning a'zolarining uchdan ikki qismi ixtiyorlaridagi yonilg‘ini sotib bo‘lganini, qolganlarda esa zaxira tez orada tugashini ma'lum qildi.
Yonilg‘i inqirozi yuk mashinalari haydovchilari yetishmasligi oqibatida yuzaga kelgan yetkazib berishdagi uzilishlar sababli paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, mamlakatda yonilg‘i yetarli, biroq u terminallarda va neftni qayta ishlaydigan zavodlarda turibdi.
Transport sohasi vakillarining bildirishicha, Buyuk Britaniyada o‘n minglab yuk mashinalari haydovchilari yetishmayapti. Bunga koronavirus pandemiyasi va mamlakat YeIdan chiqib ketganidan so‘ng xorijlik ishchilarning ketib qolishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Buyuk Britaniya hukumati xorijlik haydovchilar uchun minglab tezkor viza berishini e'lon qilgan. Xususan, oktyabrdan yuk mashinalari haydovchilari uchun 5 mingta uch oylik vizalar berilishi boshlanadi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025