Jamiyat | 18:35 / 28.09.2021
10742
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqanddagi gaz quyish shoxobchasida «ZIL-130» yuk mashinasi yonib ketdi

Samarqand tumanidagi gaz quyish shoxobchasida «ZIL-130» yuk mashinasi yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun 28 sentabr kuni soat 15:38 da Samarqand viloyati FVBga Samarqand tumani Xishrav qo‘rg‘onida joylashgan «Davlatbek 95» MChJga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasi hududida «ZIL-130» yuk mashinasi yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng soat 15:48 da hodisa yuz bergan joyga bitta yong‘in o‘chirish ekipaji yetib borgan. Yong‘in soat 15:50 da qurshab olingan va soat 16:01 da to‘liq bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarari aniqlanmoqda.

Mavzuga oid