Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonlik ishbilarmonlar ishtirokida «Tadbirkorlar kengashi» tashkil etiladi
Katta natijalarga erishgan andijonlik ishbilarmonlar ishtirokida “Tadbirkorlar kengashi” tashkil etiladi. Kengash viloyatda bu sohadagi muammo va takliflarni tizimlashtiradi va ko‘rib chiqish uchun viloyat hokimiga kiritadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Ushbu kengash Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlardagi shu kabi tuzilmalar bilan doimiy aloqalar o‘rnatadi hamda ular ishtirokida har yili “Hududlararo tadbirkorlar forumi” o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Andijon viloyatida investitsiya va eksport yo‘nalishlarida yangi tizim joriy qilamiz. Misol uchun, Marhamat tumanida qurilish materiallari, to‘qimachilik, ipakchilik, charm-poyabzal va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud. Shuning uchun, tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari qoshida istiqbolli loyihalarni ishlab chiquvchi “Loyiha guruhi” va kichik geologiya ekspeditsiyasi tashkil qilinadi. Tahlillar natijalaridan kelib chiqib, “Loyiha guruhi” tomonidan loyihalar tayyorlanadi hamda ushbu tumanning tadbirkorlari ishtirokida tashkil qilinadigan “Xolding kompaniyasi” tomonidan amalga oshirilishi ta'minlanadi.
Bunda, To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi mazkur loyihalarning 30 foizigacha qismini moliyalashtiradi. Ushbu yangi tizimni samarali tashkil qilish uchun jamg‘arma har bir tumanga yiliga o‘rtacha 15 million dollarlik mablag‘lar ajratadi.
Umuman olganda, kelgusi besh yilda viloyatda 8 milliard dollardan ziyod 4,5 mingta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Viloyat sanoatining yetakchi sohasi hisoblangan to‘qimachilik tarmog‘ida qiymati 3 milliard dollarlik 1 ming 300 ta loyiha ishga tushirilib, 90 mingta doimiy ish o‘rinlari tashkil etiladi. Buning natijasida, eksport hajmi 4 barobarga oshirilib, yiliga hozirgi 430 million dollardan 1,7 milliard dollarga yetkaziladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025