Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
30 yoshdan oshganlar ham bojxona tizimiga ishga kirishi mumkin bo‘ladi
Senat o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun muhokama qilindi.
Qonun bilan bojxona xizmatidagi ayrim jarayonlarga yangilik va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Qonun o‘z vakolatlari doirasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish vazifasi bilan to‘ldirilmoqda.
Qonun bojxona auditini amalga oshirish va hujjatlarni tekshirish, Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i asosida o‘ttiz yoshdan oshgan fuqarolarni bojxona organlarining ixtisoslashtirilgan tarkibiy tuzilmalariga xizmatga qabul qilish mumkinligini belgilovchi normalar bilan to‘ldirilmoqda.
Qonunchilikda mavjud nomuvofiqliklar va noaniqliklar sababli amaliyotda uchrayotgan muammoli holatlarni bartaraf etish maqsadida bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Mavzuga oid
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
12:05 / 10.04.2025