Jahon | 16:45 / 01.10.2021
5899
1 daqiqa o‘qiladi

Malika Diananing Londondagi sobiq xonadoni turistik obektga aylantirildi

Diana ushbu xonadonni buvisidan meros qolgan pul evaziga 50 ming funt sterlingga sotib olgan.

Foto: Getty Images

Malika Diananing Londondagi sobiq xonadoni turistik obektga aylantirildi. Bu haqda “Angliya merosi” fondi xabar berdi.

“Diana londonliklar qalbidan alohida joy olgandi va hozir ham qalbimizda”, – dedi London assambleyasi rahbari Endryu Boff.

Xabar qilinishicha, Diana ushbu xonadonni buvisidan meros qolgan pul evaziga 50 ming funt sterlingga sotib olgan.

U 1980 yilda shahzoda Charlz bilan uchrasha boshlagan, bir yildan so‘ng esa ular turmush qurgan.

Diana shahzoda Charlz bilan unashtirilganidan keyin uyni sotib yuborishgan.

Avvalroq malika Diana va shahzoda Charlzning to‘yidagi tort bo‘lagi kimoshdi savdosida 2565 dollarga sotilgandi. Britaniya qirollik oilasida xizmat qilgan oqsoch tort bo‘lagini uzoq yillardan buyon saqlab kelgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid