Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTB O‘zbekistonga xususiy investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashadi
O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vitse-prezidenti Shiksin Chen o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
OTB O‘zbekistonda infratuzilmaviy loyihalarini amalga oshirish jarayoniga moliyalashtirishning yangi vositalarini joriy etishga va xususiy investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash, ta'lim, qattiq chiqindilarni boshqarish hamda uy-joy va kommunal xizmatlar kabi boshqa ustuvor sohalarga qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida davlat-xususiy hamkorlik mexanizmlarini joriy etishning muvaffaqiyatli tajribasini kengaytirish yuzasidan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Strategik rivojlanish agentligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, OTB tomonidan mazkur tuzilmalar faoliyatiga grant, texnik va maslahat yordami ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalarga e'tibor qaratildi.
OTB rahbariyati BMT Bosh assambleyasining Orolbo‘yi mintaqasini “Ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi” deb e'lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasi doirasida Orolbo‘yida ekologik va iqlim loyihalarini amalga oshirish uchun moliyalashtirishni jalb etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
08:52 / 12.05.2025