Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan ommaviy janjal yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan qurilish mollari bozorida sodir bo‘lgan ommaviy janjal tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 2 oktabr kuni soat taxminan 9:00 larda, fuqaro T.A. G‘uzor tumani Buyuk karvon yo‘li mahallasida joylashgan qurilish mollari savdo do‘konida savdo-sotiq bilan shug‘ullanib turgan vaqtida shu joyda qurilish mollari sotish bilan shug‘ullanuvchi fuqaro E. Sh. bilan xaridor talashib, janjallashib qolgan.
Shundan so‘ng 2 oktabr kuni tushlikdan so‘ng soat taxminan 16:00 larda fuqaro E.Sh. tog‘asi T.R.ni chaqirib, qurilish mollari bozorida T.A.ni kaltaklagan. Oqibatda T.A. tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025