Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
Ommaviy mushtlashuv futbol o‘yini paytida boshlangani va 1 kishi jarohat olgani ta’kidlanmoqda.
Rossiyaning Amur viloyati, Svobodniy shahri maktabi stadionida ommaviy mushtlashuv uyushtirgan 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi sud qarori bilan hibsga olindi.
Ular bezorilikda ayblandi (Rossiya Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 20.1-moddasi 1-qismi). Sud barchasini aybdor deb topdi va 12-14 sutkaga ma’muriy qamoqqa oldi.
Migrantlar 25 may kuni Svobodniy shahridagi maktab stadionida futbol o‘yini chog‘ida boshlagan mushtlashuvi uchun politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Bir kishi tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan.
Shu bilan birga, politsiya badanga o‘rtacha og‘irlikdagi shikast yetkazish (Rossiya Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Aybdor deb topilganlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Shuningdek, ularning Rossiyaga kirishi ham taqiqlanadi, deb xabar berdi Amur viloyati bo‘yicha tergov qo‘mitasi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin tergovni o‘z nazoratiga olgani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025