Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tish rejalashtirilmoqda
Parlament muhokamalaridan so‘ng Belgiyaning barcha yirik partiyalari bosqichma-bosqich to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tilishini ma'qulladi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Tegishli qonun loyihasini yanagi haftada ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Belgiyada ish haftasini qisqartirish boshqa mamlakatlarnikiga nisbatan farq qiladi. Mamlakatda ish haftasi 4 kunga qisqartirilsa-da, umumiy haftalik ish soati davomiyligi o‘zgarmay qolishi, ya'ni kuniga 9,5 soatdan ishlash belgilanishi mo‘ljallanmoqda.
So‘nggi vaqtda qator mamlakatlarda to‘rt kunlik ish haftasini joriy etish bo‘yicha tajribalar o‘tkazilmoqda. Yaqinda Shotlandiya va Ispaniyada bir qism korxonalarning to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tishi e'lon qilindi, Islandiya poytaxti Reykyavikda esa 2015 yildan beri ishchilar haftasiga to‘rt kun ishlaydi.
Mavzuga oid
21:13 / 24.03.2025
Belgiya davlat idoralari saytlari hakerlar hujumiga uchradi
17:55 / 06.02.2025
Ispaniyada ish haftasi 37,5 soatga qisqartirilishi mumkin
22:42 / 13.01.2025
Bryusselda pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
15:32 / 30.12.2024