Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatidagi muammolarni sanadi
Sirdaryo viloyatida 40 ming nafar aholi ishsiz. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Bunga qo‘shimcha ravishda har yili mehnat bozoriga 15 ming nafar yoshlar kirib kelmoqda. 30 ming oila doimiy daromad manbaiga ega emas. Vaholanki, Sirdaryoda qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport-logistika va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi imkoniyatlar to‘liq ishga solinsa, ishsizlik degan muammo umuman qolmaydi.
Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarning yangi davri Sirdaryodan boshlanganidan xabaringiz bor. “Xonadonbay” o‘tkazilgan xatlovlar natijasida, viloyatda 282 ming nafar aholida surunkali kasalliklar aniqlandi. Shundan, 25 ming nafar aholida – yurak-qon tomir, 17 mingida – endokrin, 28 mingida – nafas yo‘llari, 20 mingida – oshqozon-ichak, 21 ming nafarida buyrak bo‘yicha surunkali kasalliklar bor.
Bugungi kunda viloyatdagi eng dolzarb masalalardan biri – 5 mingdan ziyod oila uy-joyga muhtoj. Har yili ular safiga yana minglab yangi oilalar qo‘shilmoqda.
Shuningdek, 136 ta mahalladagi ichimlik suvi ta'minoti talab darajasida emas. Yo‘l-transport, kanalizatsiya va boshqa infratuzilmalar bo‘yicha ham, aholida ko‘plab e'tirozlar mavjud.
Viloyatda 83 ta maktab quvvatiga nisbatan 1,5-2 barobar ko‘p yuklama bilan ishlamoqda. 8 ta mahallada bog‘cha umuman yo‘q”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
08:31 / 09.05.2025