Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda baliqchilik yo‘nalishida 11ta klaster tashkil etiladi
Sirdaryo viloyatida baliqchilik yo‘nalishida 11 ta klaster tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“17 ming gektar suv havzalarida hosildorlik 100 ming tonnaga yetkaziladi, baliqni qayta ishlash quvvatlari 1,5 barobar oshiriladi.
Shu bilan birga, Guliston, Boyovut, Xovos tumanlarida 50 gektar maydonlar kooperatsiya shaklida aholiga 3 sotixdan bo‘lib beriladi. Bu orqali, 1 sotixdan yiliga o‘rtacha 3-4 tonna baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yilib, har bir kooperatsiya a'zosi uchun yiliga 10 ming dollargacha daromad olish imkoniyati yaratiladi.
74 ming gektar maydonning suv ta'minoti va 36 ming gektarning meliorativ holatini yaxshilash, 111 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.
Misol uchun, Boyovut va Mirzaobod tumanlaridan oqib o‘tuvchi “K-1” kanalining 21 kilometri rekonstruksiya qilinib, 7,5 ming gektar ekin maydonining suv ta'minoti yaxshilanadi. “Sho‘ro‘zak” kollektorini rekonstruksiya qilish hisobiga, Sirdaryo, Sayxunobod va Guliston tumanlaridagi zax suvlar ketkaziladi va 12 ming gektar maydonning meliorativ holati yaxshilanadi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
08:31 / 09.05.2025