Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amir Temur tug‘ilgan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘i obodonlashtiriladi - Shavkat Mirziyoyev
Yakkabog‘ tumanidagi sohibqiron Amir Temur tug‘ilgan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘i obodonlashtirilib, zamonaviy infratuzilmalar yaratiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Yaqinda Shahrisabzda “Amir Temur – dunyo olimlari va adiblari nigohida” deb nomlangan xalqaro konferensiyani yuqori darajada o‘tkazdik. O‘ylaymanki, ushbu anjumanni har ikki yilda o‘tkazib borsak o‘rinli bo‘ladi. Bu borada dunyo miqyosidagi tadqiqotlarni umumlashtirib, yangi izlanishlarga yo‘l ochadigan “Temuriylar davri Renessansi” ilmiy-ma'rifiy markazini tashkil etish ham muhim ahamiyatga ega.
Shu bilan birga, Yakkabog‘ tumanidagi Sohibqiron Amir Temur tug‘ilgan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ini obodonlashtirib, zamonaviy infratuzilmalar yaratsak, ulug‘ ajdodlarimiz oldidagi farzandlik burchimizni bajargan bo‘lar edik.
Shahrisabzda Xalqaro maqom festivalini o‘tkazish an'anasini yo‘lga qo‘yganimiz – maqom san'atimiz bilan birga, ushbu go‘zal shaharning shuhratini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Men nufuzli xalqaro sammitlarda, jumladan, Hindiston va Pokiston davlatlarining rahbarlari bilan uchrashuvlarda Xusrav Dehlaviy, Abdulqodir Bedil, Mirzo G‘olib singari buyuk sharq shoirlarining tarixiy vatani Kesh shahri bo‘lganini, faxr bilan tilga olaman.
Turli davrlarda Nasaf shahrida yashab faoliyat ko‘rsatgan 400 nafardan ziyod – takror aytaman – 400 nafardan ziyod islomshunos olimlarning ilmiy merosini chuqur o‘rganish, asarlarini bugungi tilimizda keng jamoatchilikka tushunarli qilib nashr etish – muhim vazifamizdir”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025