Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro shahrida Abdurauf Fitrat nomidagi ijod maktabi tashkil etiladi
Abdurauf Fitrat chet elga jo‘nab ketayotgan talabalarni Samarqanddagi Amir Temur maqbarasi oldida vatan manfaatlariga sodiq bo‘lish haqida qasamyod qildirgan. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.
“G‘oyat qiyin va og‘ir davrlarda ham ezgulik bayrog‘ini baland ko‘tarib maydonga chiqqan buxorolik Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‘jayev, Abduvohid Burhonov singari fidoyi zotlar el-yurt dardi va taqdirini o‘ylab yashagan buyuk insonlar edi.
Ayniqsa, Turkiston jadidchilik harakatining dohiylaridan bo‘lgan arbob va adib, birinchi o‘zbek professori Abdurauf Fitratning bu boradagi xizmatlari tahsinga sazovordir.
O‘tgan asrning 20-yillarida turkistonlik 70 nafar yigit-qizni Germaniyaga o‘qishga yuborishda bu ulug‘ siymoning qanday katta rol o‘ynaganini sizlar albatta yaxshi bilasiz. Fitrat chet elga jo‘nab ketayotgan talabalarni Samarqanddagi Amir Temur maqbarasi oldida Vatan manfaatlariga sodiq bo‘lish haqida qasamyod qildiradi. Qarang, qanday vatanparvarlik, fidoyilik namunasi bu!
Ulug‘ allomaning ona tilimiz, tarix va musiqa sohalarini rivojlantirishdagi beqiyos xizmatlarini e'tiborga olib, Buxoro shahrida Abdurauf Fitrat nomidagi o‘zbek tili va xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashgan ijod maktabi barpo etsak, nima deysizlar?
O‘zbek xalqining yana bir buyuk farzandi, atoqli davlat va siyosat arbobi Fayzulla Xo‘jayevning ezgu ishlarini el-yurtimizda bilmaydigan inson topilmaydi, albatta. Nihoyatda murakkab va suronli yillarda u dastlab to‘rt yil Buxoro jumhuriyatiga, keyin 13 yil O‘zbekiston hukumatiga raislik qilgan. Afsuski, shunday ulug‘ inson 1938 yili qatag‘on qurboni bo‘lgan. Bir paytlar Buxoro shahrida tashkil etilgan yodgorlik majmuasini “Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi” deb qayta nomlab, uning yangi ekspozitsiyasini yaratsak, bu ham adolatdan bo‘ladi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025