Jahon | 16:05 / 12.10.2021
2346
1 daqiqa o‘qiladi

Latviyada koronavirusga qarshi emlangan pensionerlarga 20 yevrodan pul to‘lanadi

Latviya bosh vaziri Karinsh Krishyansning so‘zlariga ko‘ra, «bu mablag‘ keksalarning energiya resurslari uchun to‘lovlarini qoplashga yordam beradi».

Foto: LETA

Latviya hukumati keksalarga olti oy davomida 20 yevrodan pul to‘lashga qaror qildi. Bu mablag‘ kommunal to‘lovlar narxi oshishi sababli kompensatsiya sifatida beriladi, deb yozadi Delfi.

«Bu keksalarning energiya resurslari uchun to‘lovlarini qoplashga yordam beradi», — dedi Latviya bosh vaziri Karinsh Krishyans.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mazkur mablag‘ faqat koronavirusga qarshi emlangan fuqarolargagina beriladi.

«Har oyda 20 yevrodan to‘lanishi vaksinatsiyani ommalashtirishda samarali chora bo‘ladi», — dedi farovonlik vaziri Gatis Eglitis.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid