Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident g‘olib “Zakovat”chilarni mukofotladi
"Zakovat"ning respublika bosqichi finalini tomosha qilish uchun kelgan Shavkat Mirziyoyev mukofotlash haqidagi farmonga shu yerning o‘zida qo‘l qo‘ydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Zakovat” intellektual o‘yini faol ishtirokchilaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi.
Davlat rahbari 12 oktyabr kuni, breyn-ring o‘yinlarining Buxoroda o‘tgan respublika bosqichi final bahsidan keyin, bevosita jamoatchilik qarshisida ushbu hujjatga qo‘l qo‘ydi va taqdirlanganlarga shu yerning o‘zida davlat mukofotlarini topshirdi.
Mukofotlanganlar – «Zakovat» NNT direktori Abdurasul Abdullayev va chempion Xorazm jamoasi a'zolari.
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan
Abdullayev Abdurasul Muminovich – «Zakovat» intellektual klubi» nodavlat notijorat tashkiloti direktori
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Jumanov Behzod Tursunbayevich – Gurlan tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta'lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
Xodjayev Navruz Azamatovich – Urganch shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, Xorazm viloyati
Xodjayev Feruzbek Kaxramon o‘g‘li – «Ishonch» do‘konlar tarmog‘ining Xiva filiali boshqaruvchisi, Xorazm viloyati
«Shuhrat» medali bilan
Matkarimov Azamat Xurmatovich – Xiva shahridagi Prezident maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
Tajiyev Jamoladdin Nurlayevich – Xiva shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, Xorazm viloyati
Hasanov Shodlik Bekpo‘latovich – Xorazm Ma'mun akademiyasi raisining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Xorazm viloyati
Mavzuga oid
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz
21:19 / 21.12.2024