Shavkat Mirziyoyev Parkentda Uzumchilik markazi tashkil etishni taklif qildi
Parkent tumanida Rizamat Musamuhamedov nomidagi Uzumchilik ilmiy-amaliy markazi tashkil qilinadi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

“Toshkent viloyati bir vaqtlar o‘zining noyob bog‘dorchilik maktabi bilan nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham shuhrat qozongan. Viloyatdan yetishib chiqqan, “Rizamat” uzum navining muallifi Rizamat Musamuhammedov, limonning o‘ndan ortiq serhosil navlarini yaratgan Zayniddin Faxriddinov, “Yusupov” nomli mashhur pomidor navining muallifi Karim Yusupov, bog‘dorchilik ilmining haqiqiy jonkuyari, akademik Mahmud Mirzayev, atoqli sohibkor, O‘zbekiston Qahramoni Tojiboy Rizayev singari zahmatkash insonlarning mehnatlari, xalqimiz uchun bugungi kunda ham o‘z mevasini bermoqda.
Xususan, Rizamat ota Musamuhamedovning uzumchilik sohasidagi natijalari Fransiya, Bolgariya, Vengriya, Italiya kabi ko‘plab davlatlarda ham, bugun keng qo‘llanayotgani barchamizga iftixor bag‘ishlaydi. Ana shunday usta sohibkorning xotirasini abadiylashtirish maqsadida, Parkent tumanida Rizamat Musamuhamedov nomidagi Uzumchilik ilmiy-amaliy markazini tashkil qilsak, har yili xalqimiz, xorijiy mehmonlar va sayyohlar ishtirokida Uzum sayli o‘tkazish an'anasini yo‘lga qo‘ysak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi. Bu taklif ham sizlarga ma'qulmi?
Bugungi kunda viloyat hayotida o‘zining samarali mehnati va ibratli faoliyati bilan el-yurt hurmatini qozongan Saydali Rahmonov, Alim To‘ychiyev, Jonsaid Turdiyev, Aleksandr Farmonov singari qahramonlarimiz, Abduhoshim Mutalov, Turop Xoltoyev, Ummatqul Mirzaqulov, Zokirjon Almatov, Sayfulla Asatov, Abdumajid Shodiyev, Alinazar Egamnazarov, Viktor Pak, Farida Ibragimova, Usmon Jo‘rayev kabi muhtaram faxriylarimiz Toshkent viloyatining shon-shuhrati va obro‘sini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotganini alohida ta'kidlamoqchiman”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid

18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi

10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi

14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti

22:20 / 10.05.2025