Jahon | 18:28 / 18.10.2021
8093
1 daqiqa o‘qiladi

2021 yilning eng xavfsiz krossoverlari nomi ma'lum qilindi

Kompakt SUV segmentida Chevrolet Trailblazer, Hyundai Tucson, Mazda CX-5, Subaru Forester va Volxo XC40 eng xavfsiz krossoverlar deb topildi.

Foto: AP

AQSh Yo‘l xavfsizligi sug‘urta instituti (Insurance Institute for Highway Safety, IIHS) krash-testlar, avtomobillar xavfsizlik tizimi ishi natijalariga asoslanib eng xavfsiz krossoverlarni tanladi. Bu avtomobillar Top Safety Pick + mukofotini qo‘lga kiritdi.

Kompakt SUV segmentida Chevrolet Trailblazer, Hyundai Tucson, Mazda CX-5, Subaru Forester va Volxo XC40 eng xavfsiz krossoverlar deb topildi.

O‘rtacha kattalikdagi xavfsiz krossoverlar ro‘yxatidan Hyundai Palisade, Santa Fe, Mazda CX-9, Nissan Murano va Toyota Highlander o‘rin oldi.

Audi Q5 va Q5 Sportback, Cadillac XT6, Genesis GV70 va GV80, Lexus NX, Mercedes-Benz GLE , Volvo XC60 va XC90 premial turkumdagi eng xavfsiz krossoverlar deb e'tirof etildi. Shuningdek, Audi e-tron va e-tron Sportback elektromobillari ham yuksak mukofotga loyiq ko‘rildi.

Mavzuga oid