Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7ta metro bekatida transport o‘tish bog‘lamalari quriladi
“Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2022 yil 1 iyulgacha 7ta metro bekatida transport o‘tish bog‘lamalari quriladi. Ular: Beruniy, Chorsu, Paxtakor, Olmazor, Turkiston, Qo‘yliq bozori, Chilonzor metro bekatlari.
2022 yil 1 oktyabrgacha Toshkent shahriga kirib keluvchi yo‘lovchi transportlar uchun 6ta metro bekati (Turkiston, Yunusobod, Chilonzor va yerusti halqa liniyasining 3-, 4- va 5-bekati) atrofida avtoturargohlar tashkil etiladi.
2022 yil 1 yanvardan quyidagi ma'lumot va xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi mobil ilova ishga tushiriladi: metropoliten yo‘nalishlari (ularning qurilishi bo‘yicha ma'lumotlar); bekatlar (ular atrofida joylashgan obektlar va jamoat transporti yo‘nalishlari); poyezdlar harakati jadvali; elektron to‘lov.
2022 yil 1 aprelgacha yerusti halqa metro bekati yo‘nalishida yo‘lovchilar uchun bepul WI-FI tizimi bilan bog‘lash va yerosti metro bekatlarida mobil aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025