Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ikkita Nexia o‘zaro to‘qnashdi. Haydovchilardan biri jarohatlandi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida ikkita Nexia o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda haydovchilardan biri tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda IIV YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun 2021 yil 20 oktabr kuni soat 08:30 larda Shahrisabz tumani hududidan o‘tuvchi 4K-307 Shahrisabz-Miraki avtomobil yo‘lining 8-kilometrida ikkita Nexia ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
1973 yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvidagi Nexia 1957 yilda tug‘ilgan A.G. boshqaruvidagi yana bir Nexia mashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda haydovchi A.G. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, Nexia mashinalaridan biri yo‘l chetiga chiqib pastlikka qulagan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Shahrisabz tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qashqadaryoda Tojikistonga tegishli yuk mashinasi bilan to‘qnashgan mototsikl haydovchisi vafot etdi
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024