Jamiyat | 17:34 / 22.10.2021
5204
1 daqiqa o‘qiladi

To‘raqo‘rg‘onda 46 yoshli ayol Gentra urib ketishi oqibatida vafot etdi

Namanganning To‘raqo‘rg‘on tumanida 46 yoshli ayol Gentra urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 13 oktabr kuni soat 18:30 larda To‘raqo‘rg‘on—Mirishkor yo‘lining 5 kilometrida, To‘raqo‘rg‘on tumani «Bekobod» MFY hududida yuz bergan. 18 yoshli fuqaro o‘ziga biriktirilgan Gentra’ni boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib yuborgan. Oqibatda piyoda olgan tan jarohati tufayli shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 13 oktabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid