Jahon | 23:37 / 22.10.2021
12240
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Rossiyani Yevropada gaz inqirozini yuzaga keltirishda aybladi

Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini ishga tushirish uchun gaz taqchilligi va narxlar o‘sishini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Foto: AP

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani Yevropada gaz inqirozini yuzaga keltirishda aybladi va Yevroittifoqni bunga javobni Ukraina bilan muvofiqlashtirishga chaqirdi.

“Bu Yevroittifoqqa qarshi haqiqiy gazli tajovuz. YeI mamlakatlari birgalikda sa'y-harakat qilish zarurligini, Yevropa qadriyatlari va qoidalarini hurmat qilish – Yevropaning energetik mustaqilligini saqlab qolishning yagona yo‘li ekanligini tushunadi deb umid qilaman”, – dedi Zelenskiy.

Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya gaz yetkazib berishni ko‘paytirishni rad etish orqali Germaniya va Rossiyani bog‘lovchi “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini ishga tushirish uchun gaz taqchilligi va narxlar o‘sishini qo‘llab-quvvatlamoqda.

“Rossiya Yevropani “Shimoliy oqim-2”ni Yevropa qoidalariga amal qilmagan holda ishga tushirishga majburlamoqchi”, – deb ta'kidladi Zelenskiy.

Oxirgi vaqtda gaz bozorida narxlarning keskin ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Bu esa Yevropada gaz bilan bog‘liq muammolarga olib kelgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid