Jahon | 17:04 / 23.10.2021
4953
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainadagi IESlardan biri ko‘mir yo‘qligi sababli faoliyatini to‘xtatdi

Ma'lumot berilishicha, yettita issiqlik elektr stansiyasida yoqilg‘i zaxirasi o‘n kundan kamroq muddatga yetadi.

Foto: UA.News

Ukrainaning Donetsk oblastida joylashgan Slavyanskaya issiqlik elektr stansiyasi ko‘mir yo‘qligi sababli faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda «Ukrenergo» davlat kompaniyasi xabar qildi.

«Stansiya to‘liq to‘xtatildi va elektr energiyasi ishlab chiqarmayapti. Yoqilg‘i, birinchi navbatda ko‘mir yo‘qligi sababli har ikki blok ishlamayapti», — deyiladi xabarda.

Ma'lumot berilishicha, Tripolskaya, Zmiyevskaya, Krivorojskaya, Zaporojskaya, Burshtinskaya, Uglegorskaya va Kuraxovskaya issiqlik elektr stansiyalarida yoqilg‘i zaxirasi o‘n kundan kamroq muddatga yetadi.

Avvalroq gaz taqchilligi sababli Moldovada favqulodda holat e'lon qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid