Jahon | 09:20 / 25.10.2021
11151
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonning Hirot shahridagi otishmada 17 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning Hirot shahrida toliblar va noma'lum qurollangan kishilar o‘rtasidagi otishma vaqtida kamida 17 kishi, jumladan bolalar halok bo‘ldi.  

Foto: Ettela'at-e Rooz

Ettela'at-e Rooz nashrining xabar berishicha, otishma oqibatida 7 nafar bola, 3 nafar ayol va 7 nafar erkak, jumladan toliblar halok bo‘lgan

Ma'lumotlarga ko‘ra, otishma soat 11:40 da boshlangan va 2 soatdan ko‘proq davom etgan. Uning davomida og‘ir qurol ham qo‘llangan. Manbalar toliblarga qarshilik ko‘rsatganlar orasida IShID tarafdorlari ham bo‘lganini ma'lum qilgan. Biroq hozircha bu ma'lumot tasdiqlanmagan.

Mahalliy politsiya toliblarga qarshi 4 kishi otishma olib borgani, ularning barchasi o‘ldirilganini ma'lum qilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid