Go‘sht, baliq, kartoshka mahsulotlari QQSdan ozod qilindi
"Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qo‘shimchaga ko‘ra, 2021 yil 10 oktyabrdan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olinadigan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni O‘zbekistonga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.
Avvalroq, O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i narxini barqaror saqlash maqsadida 2021 yil oxirigacha o‘simlik yog‘i qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod etilgan, biroq bu narx-navoga ta'sir ko‘rsata olmagandi.
Shuningdek, 2022 yil 1 maygacha import qilinadigan sitrus mevalar ham bojxona bojidan ozod qilingandi.
O‘tgan yili ham go‘sht, shakar, yog‘ va kartoshka QQSdan vaqtincha ozod qilingan, bu pandemiya davrida aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgandi.
Mavzuga oid
21:40 / 02.10.2024
Qirg‘iziston O‘zbekiston tufayli go‘sht eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qilgani ma’lum bo‘ldi
08:40 / 09.09.2024
Eksport qiluvchilar uchun QQS qoplash tartibi soddalashtirildi
13:50 / 05.09.2024
XMT loyihalariga yetkazilgan tovarlar uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilarga QQS qaytariladi
07:53 / 04.09.2024