Jahon | 15:13 / 28.10.2021
5539
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistondagi qahvaxonada uch yuzdan ortiq kishi zaharlandi

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, jabrlanganlarning 40 nafarini bolalar tashkil etadi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Qirg‘izistondagi “Imperiya pitssi” kafelar tarmog‘ida ovqatdan zaharlanib 318 kishi Bishkek va Chuy oblastidagi shifoxonalarga murojaat qildi, deb xabar berdi 24.kg.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, jabrlanganlarning 40 nafarini bolalar tashkil etadi.

Tarmoq ma'muriyatiga 21 ming som (247 dollar) jarima solingan.

Qayd etilishicha, barcha zaharlanishlar 22-23 oktyabr kunlari sodir bo‘lgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, barcha jabrlanganlar tarmoqqa qarashli to‘rtta qahvaxonada roll iste'mol qilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid