Fan-texnika | 19:34 / 30.10.2021
18952
1 daqiqa o‘qiladi

Amsterdamda haydovchisiz suv taksisi ishga tushirildi

Qayiqlar yoz faslida sinovdan o‘tkazilgandi.

Foto: Roboat

Haydovchisiz Roboat qayiqlari Kompyuter fanlari va sun'iy intellekt laboratoriyasi (CSAIL) va Massachusets texnologiya instituti Senseable City jamoalari tomonidan ishlab chiqilgan.

Qayiqlar shahar kanallari bo‘ylab suzadi. Ular 5 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Bundan tashqari, roboqayiqlardan kanaldagi chiqindini yig‘ish va mahsulotlarni yetkazib berishda ham foydalanish mumkin.

TechCrunch nashrining yozishicha, Roboat 360 gradusli bir necha panoramali kameralar, shuningdek, marshrutni aniqlash uchun GPS’dan foydalanadi.

Foto: Roboat

Qayiqlar simsiz tarmoq orqali quvvat oladi va yuk og‘irligidan kelib chiqib, 12 soatdan 24 soatgacha quvvatsiz ishlay oladi. U tezlikni soatiga 6 km.gacha oshirishi mumkin.

Jamoa elektr qayiqni Amsterdam kanallarida 2021 yilning yoz faslida sinovdan o‘tkazgan.

Mavzuga oid