O‘zbekiston | 13:21 / 02.11.2021
2054
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda mast holda mashina olib qochgan fuqaro YTH sodir etdi

Foto: IIV axborot xizmati

Jizzax shahrida mast holatda mashina olib qochgan fuqaro yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 1 noyabr kuni soat 3:00 larda Jizzax shahri Qassoblik mahallasida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro mast holda mashina olib qochgan.

U o‘z mahallasi hududida turgan Lacetti mashinasining old yon oynasini sindirib uni ochgan. So‘ng mast holda mashinani boshqarib Jizzax shahri Sharof Rashidov ko‘chasi, Qaliya mahallasi hududida uni yo‘lni ajratuvchi beton to‘siqqa borib urgan.

Dastlabki surishtiruvda, olib qochilgan Lacetti mashinasi Baxmal tumani Tongotar mahallasida yashovchi fuqaroga tegishli ekani aniqlangan.

Qayd etilishicha, fuqaro Qaliya mahallasida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan joyida ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. O‘sha paytda mashina salonida yana ikki nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hozirda ularning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Holat yuzasidan hozirda Jizzax shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid