Jahon | 20:15 / 02.11.2021
4157
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya sayyorani qutqarish uchun milliardlab dollar ajratadi

Yaponiya bosh vaziri rivojlanayotgan mamlakatlarga 10 mlrd dollargacha ajratishga va'da berdi.

Foto: Reuters

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan sammitda rivojlanayotgan mamlakatlarga 10 milliard dollargacha mablag‘ ajratishga va'da berdi. Bu sayyorani global isishdan qutqarishga yordam berishi lozim, deb yozadi Bloomberg.

Mablag‘lar kelgusi besh yil davomida ajratiladi. Bundan 240 million dollari o‘rmonlarni saqlab qolishga yo‘naltiriladi.

Bu mablag‘ qo‘shimcha moliyalashtirish bo‘ladi: Kisida bosh vazir bo‘lguniga qadar Yaponiya hukumati ushbu maqsad uchun 60 milliard dollar ajratgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid