Fan-texnika | 13:45 / 03.11.2021
22850
1 daqiqa o‘qiladi

Ford mashinani elektrokarga aylantiradigan elektrodvigatellarni sota boshladi

Dvigatellar Mustang brendi ostida ilk marta ishlab chiqarilgan elektromobil versiyasiga asoslangan.

F-100 pikapining Elektrik versiyasi / Ford

Eluminator e-crate elektrodvigateli quvvatni 281 ot kuchigacha rivojlantiradi. Tizim narxi 3900 dollar. Dvigatel taqdimoti uchun Ford 1978 yilda chiqqan F-100 klassik pikapi elektr shaklini yagona nusxada ishlab chiqdi. U Eluminator e-crate’ning umumiy quvvati 480 ot kuchi bo‘lgan ikkita elektr motorlari bilan jihozlandi. Avtomobil xarakteristikasi Mustang brendi ostida ilk marta ishlab chiqarilgan Mustang Mach-E GT elektrokariga mos keladi.

Ford ichki yonish dvigateliga ega mashinalarni elektrokarga aylantirishni osonlashtirish uchun kelajakda akkumulyator tizimlari, kontrollerlar, invertorlar va boshqa ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Shu yo‘l bilan kompaniya ko‘plab avtomobil egalari uchun mashinalarni modernizatsiya qilishni osonlashtirmoqchi.

Гулзода Иброҳимова
Tayyorlagan Гулзода Иброҳимова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid