Jamiyat | 17:09 / 04.11.2021
2230
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda ag‘darilib ketgan Nexia haydovchisi vafot etdi

Foto: Videodan kadr

Jizzax viloyati Baxmat tumanida tez harakatlangan haydovchi keskin burilish joyida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda Nexia yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib ag‘darilgan va uning haydovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 31 oktyabr kuni soat 23:15 larda Baxmal tumani hududidan o‘tgan 4N1245 avtomobilining 5-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

1992 yilda Baxmal tumani Oqtosh QFYda tug‘ilgan fuqaro Nexia bilan harakatlanib ketayotib yo‘l keskin burilgan joyda mashina boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda mashina yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib ag‘darilgan va haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Baxmal tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid