Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy COVID-19 sababli chegaralardagi nazoratni kuchaytirdi
Fuqarolar mamlakatdan chiqmaslikka chaqirilmoqda, kirib kelayotgan xorijliklar esa qat'iy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
Xitoy milliy immigratsiya boshqarmasi mamlakatga COVID-19 olib kirilishining oldini olish maqsadida chegara nazoratini kuchaytirdi. Bu haqda Global Times gazetasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu chora mamlakatda koronavirus holatlarining avj olishi bilan bog‘liq.
Fuqarolar mamlakatdan chiqmaslikka chaqirilmoqda, kirib kelayotgan xorijliklar esa qat'iy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Pekin Olimpiadasiga keladigan sportchilar dastlab yopiq maskanga joylashtiriladi.
Xorijiy va charter reyslar ustidan nazorat kuchaytirildi. Yuk mashinalari maxsus marshrut bo‘ylab yurishi belgilandi.
Yerusti chegaralarda nazorat qat'iylashtirildi. Chegaradagi muzlagan daryolarga soqchilar qo‘yildi.
Xitoyda 17 oktyabrdan kasallik yuqtirish holatlari avj oldi. 3 noyabr holatiga ko‘ra, 17 provinsiya va rayonda 500dan ortiq holat aniqlangan.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025