Jahon | 16:31 / 05.11.2021
5140
1 daqiqa o‘qiladi

Litva Belarus bilan chegarada devor qurishni boshladi

Po‘latdan tiklanadigan devorning balandligi 3,4 metrni tashkil etadi, devorning ustki qismi balandligi 0,6 metr keladigan tikanli sim bilan qoplanadi.

Foto: Reuters

Litva noqonuniy migrantlar oqimi sababli Belarus bilan chegarada Yevropadagi birinchi po‘lat devor qurishni boshladi, deb xabar berdi Reuters.

Xabarga ko‘ra, po‘latdan tiklanadigan devorning balandligi 3,4 metrni tashkil etadi, devorning ustki qismi balandligi 0,6 metr keladigan tikanli sim bilan qoplanadi.

Mamlakat uzunligi 500 kilometrga teng bo‘ladigan devor qurilishi uchun 152 million yevro ajratgan. Devor kelasi yil sentyabrda bitishi rejalashtirilgan.

Mamlakat chegara xizmatining ma'lumot berishicha, shu yilning avgustiga qadar Belarusdan Litvaga 4 mingdan ortiq migrant o‘tgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid