Jahon | 18:19 / 05.11.2021
4362
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkning yangi meri dastlabki uch oylik maoshini kriptovalutada oladi

Avvalroq Erik Adams shaharning o‘z raqamli valutasini yaratish istiqbolini ko‘rib chiqayotganini aytgandi.

Foto: Reuters

Nyu-Yorkning yangi saylangan meri  Erik Adams dastlabki uch oylik maoshini bitkoinda olishni rejalashtirmoqda, kelajakda esa shaharni kriptovalutalar markaziga aylantirmoqchi.

“Nyu-Yorkda doimo oldinga intilamiz, shuning uchun dastlabki uch oylik maoshimni bitkoinda olishni rejalashtiryapman,. Nyu-York kriptovalutalar va boshqa innovatsion sanoat markaziga aylanadi. Kuting!”, – deb yozdi Adams Twitter sahifasida.

Uning bu posti birinchi oylik maoshini bitkoinda olishni istayotganini yozgan Mayami meri Frensis Suaresga javob tariqasida yozildi.

Avvalroq Erik Adams Bloomberg agentligiga bergan intervyusida Nyu-Yorkda “bitkoin rivojlanishiga to‘siq” ko‘rayotganini va MiamiCoin kabi shaharning o‘z raqamli valutasini yaratish istiqbolini ko‘rib chiqayotganini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, sobiq politsiyachi Erik Adams 2 noyabr kuni Nyu-York merligiga o‘tkazilgan saylovda g‘alaba qozondi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid