O‘zbekiston | 12:15 / 09.11.2021
2729
1 daqiqa o‘qiladi

Qidiruvdagi buxorolik fuqaro Moskva shahrida qo‘lga olindi

Foto: pixabay.com

Jinoyat sodir etib, yashirinib yurgan buxorolik shaxs Moskva shahrida ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, Buxoro shahrining Afrosiyob mahallasida yashovchi 31 yoshli R.S. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 228-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergov organlaridan yashiringan. Unga nisbatan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2021 yil 28 iyun kunidan qidiruv e'lon qilingan.

Buxoro viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida R.S. Moskva shahrida qo‘lga olingan.   

Oldinroq jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan jondorlik fuqaro ham Moskva shahrida ushlangandi.

Mavzuga oid