Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahriga yangi bosh ekolog tayinlandi
Farhod Dehqonov 2021 yil 4 noyabr kunidan Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Foto: Ekologiya qo‘mitasi
Ekologiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Farhod Dehqonov 1980 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma'lumoti oliy, mutaxassisligi - ekologiya va atrof-muhit muhofazasi.
Qayd etilishicha, F.Dehqonov Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining vacancy.argos.uz sayti orqali Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimi bo‘yicha e'lon qilingan ochiq tanlovda o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra nomzodlar ichida eng yuqori 82,5 ballni to‘plab, Davlat ekologiya qo‘mitasi tanlov komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan suhbat jarayonlarida ijobiy ko‘rsatkichlarni egallab, mazkur lavozimga tayinlandi.
F.Dehqonov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025