Jahon | 17:46 / 10.11.2021
6862
2 daqiqa o‘qiladi

Merkel Putindan migrantlar masalasida Belarusga ta'sir o‘tkazishni so‘radi

Rossiya prezidenti bu muammoni YeIga a'zo mamlakatlar vakillari va Minsk o‘rtasida muhokama qilishni taklif qilgan.

Foto: RIA Novosti

Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida undan Belarus-Polsha chegarasidagi migrantlar bilan bog‘liq vaziyat sababli Minskka ta'sir o‘tkazishni so‘radi. Bu haqda Germaniya vazirlar mahkamasi vakili Shteffen Zaybert Twitter sahifasida ma'lum qildi.

«Merkel Belarus rejimi tomonidan migrantlardan foydalanish noinsoniylik ekanligini ta'kidladi va prezident Putindan bunga ta'sir o‘tkazishni so‘radi», deb yozdi u.

O‘z navbatida, Kreml muloqot Germaniya tashabbusi bilan o‘tkazilganini qayd etdi

Xabar qilinishicha, Rossiya prezidenti bu muammoni YeIga a'zo mamlakatlar vakillari va Minsk o‘rtasida muhokama qilishni taklif qilgan.

Belarus va YeI mamlakatlari chegarasidagi migratsion inqiroz yozda, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko noqonuniy migrantlar oqimiga qarshi kurashmasligini aytganidan so‘ng yuzaga kelgandi.

Polsha chegara xizmatida ta'kidlanishicha, 8 noyabrdan beri respublika chegarasi yaqinida 2-4 minggacha muhojir to‘plangan. Ular Yevropa Ittifoqi hududiga o‘tishga harakat qilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid