Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qator hududlar issiq suv va issiqlik ta'minotisiz qoldi
Bugun, 12 noyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 4-issiqlik markazining elektr energiyasi ta'minotida nosozlik ro‘y berdi. Bu haqda poytaxt hokimligi "Toshissiqquvvati"ga tayangan holda xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, shu sababli mazkur qozonxonadan issiq suv va issiqlik uzatish vaqtincha to‘xtatilgan.
Buning oqibatida Yunusobod tumanida to‘liq, Olmazor va Shayxontohur tumanlarida esa qisman issiq suv va issiqlik ta'minotida uzilish kuzatilmoqda.
Ayni paytda issiqlik markazida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Mutasaddilar soat 17:00 gacha issiq suv va kechki 24:00 ga qadar issiqlik ta'minoti to‘liq tiklanishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025