Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi yerlarini dronlar yordamida kuzatish yo‘lga qo‘yiladi
Prezident “G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta'minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ikki oy muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladigan yerlarni, shu jumladan, boshoqli donning ekilishi, uning rivojlanishini uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) yordamida kuzatish va monitoringini yuritish imkonini beruvchi elektron platformani ishga tushiradi.
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarining vegetativ holatini uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida kuzatish yo‘lga qo‘yiladi
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining “Yer axborot tizimi” portalida qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirilishi, shu jumladan, takroriy va to‘qsonbosti usulida yetishtirilayotgan ekinlar to‘g‘risida ma'lumot beruvchi elektron baza shakllantiriladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bilan birgalikda boshoqli don yetishtiriladigan maydonlarda zararkunandalar va kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida tizimli kuzatuvni tashkil etadi, xo‘jaliklar tomonidan ekinlarni himoya qilish ishlari o‘z vaqtida bajarilishini nazoratga oladi.
Favqulodda holatlarda ushbu maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan ekinlarni himoya qilish ta'minlanadi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
11:57 / 08.05.2025
Rossiyada havo qatnovidagi kollaps 60 ming kishiga ta’sir qildi
14:51 / 07.05.2025