Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘p kvartirali uylarning elektron texnik pasportlari shakllantiriladi
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta'minlash sohalarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Fanlar akademiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 yil 1 iyunga qadar Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasi muammolari ilmiy yechimiga qaratilgan takliflarni (tematik mavzu) tanlov e'lon qilish uchun o‘rnatilgan tartibda shakllantirib Innovatsion rivojlanish vazirligiga davlat ilmiy dasturlari doirasida taqdim etadi.
Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar 2022 yil oxiriga qadar bosqichma-bosqich o‘zlariga qarashli bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarning elektron texnik pasportlarini shakllantirib, platformaga kiritilishini ta'minlaydi.
Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi 2022 yil 1 mayga qadar “Bino va inshootlarga seysmik mustahkamlik holati bo‘yicha guvohnoma berish tartibi” to‘g‘risida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Mavzuga oid
08:09 / 22.07.2024
O‘zbekistonda seysmik zaif bino-inshootlar soni ma’lum qilindi
12:48 / 14.06.2024
O‘zbekiston va Xalqaro seysmologiya markazi zilzilalar tahlili sohasida hamkorlik qiladi
14:19 / 10.06.2024
Seysmologiya instituti direktori o‘zgardi
10:18 / 18.04.2024