Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Gori shahridagi harbiy hospitalga o‘tkaziladi
Avvalroq Mixail Saakashvilining advokati u qamoqxonada hushidan ketib yiqilgani haqida ma'lum qilgandi.
Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili qamoqxona shifoxonasidan Gori shahridagi harbiy hospitalga o‘tkaziladi. Bu haqda mamlakat adliya vaziri Rati Bregadze ma'lum qildi.
"Biz mahbus Saakashvilini Gori shahridagi harbiy hospitalga o‘tkazishni taklif qilamiz. Bu yerda uning salomatligi va hayoti davlat tomonidan maksimal darajada himoya qilinadi", - dedi vazir.
Bregadzening aytishicha, davolanib bo‘lganidan so‘ng Saakashvili Rustavi qamoqxonasiga o‘tkaziladi.
Avvalroq Mixail Saakashvilining advokati u qamoqxonada hushidan ketib yiqilgani haqida ma'lum qilgandi.
Sentabr oyi oxirida mamlakatga yashirincha qaytgan sobiq prezident 1 oktabr kuni qo‘lga olingandi.
Saakashviliga Gruziyada ko‘plab holatlar bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan va ularning ikkitasi bo‘yicha sirtdan 6 yillik qamoq jazosi ham e'lon qilingandi.