Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA Oyda AES qurish bo‘yicha loyihalar qabul qilinishini e'lon qildi
Qayd etilishicha, yadroviy reaktor Oydagi muhit sharoitidan qat'i nazar ishonchli va kuchli energiya tizimi bilan ta'minlash imkonini beradi.
NASA va Aydaho milliy laboratoriyasi Oyda atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha g‘oyalarni yig‘ishini e'lon qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, loyihalar NASA’ga 2022 yil 19 fevralgacha yuborilishi lozim.
«Oy yuzasida ishonchli va kuchli energiya tizimini yaratish koinotning inson tomonidan o‘zlashtirilishida muhim qadam bo‘ladi va buni amalga oshira olamiz», — deyiladi Aydaho milliy laboratoriyasi loyiha rahbari Sebastyan Korbizeroning bayonotida.
Qayd etilishicha, yadroviy reaktor Oydagi muhit sharoitidan qat'i nazar ishonchli va kuchli energiya tizimi bilan ta'minlash imkonini beradi.
Reaktor Yerda quriladi va Oyga jo‘natiladi.
Rejaga ko‘ra, reaktor inson ishtirokisiz yonib-o‘chishi, qo‘nish moduli bortida ishlay olishi va tashish uchun qulay bo‘lishi lozim.
Mavzuga oid
16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi
16:51 / 13.05.2025
«Rosatom» O‘zbekistondagi kichik AES bloki uchun uskunalar ishlab chiqarishni boshladi
08:35 / 08.05.2025
Forishda kichik quvvatli AESni joylashtirish sxemasi tasdiqlandi
21:20 / 28.04.2025