Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qarzdor ota aliment uchun farzandlariga 93 million so‘m to‘ladi
Samarqand tumanida qarzdor ota aliment uchun farzandlariga 93 million so‘m to‘lagan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari Tayloq tumanlararo sudining 2021 yil 12 avgustdagi qaroriga asosan qarzdor O.I.dan undiruvchi D.I.ga ikki nafar farzandining ta'minoti uchun daromadning ikkidan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Sud qaroriga asosan ijro hujjati MIB Tayloq tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan. Olingan ma'lumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.
Qarzdor O.I. bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, farzandini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir insonning burchi ekani unga tushuntirilgan.
Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandlarining ta'minotini o‘ylab, 93 million 300 ming so‘m aliment pullarini to‘lab bergan.
Mavzuga oid
20:20 / 27.05.2025
Uchqo‘rg‘on hokimligi xodimi ikki ayolidan farzandlariga bir necha yillik aliment qarzini to‘lamayapti
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025