Jahon | 23:16 / 24.11.2021
9712
1 daqiqa o‘qiladi

BAA investitsiya kiritishi to‘g‘risidagi xabardan so‘ng turk lirasi qadri oshdi

Turkiya va BAA savdo, energetika va boshqa sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha to‘qqizta shartnoma imzoladi.

Foto: EPA-EFE/ERDEM SAHIN

BAA Turkiyaga investitsiya kiritish uchun 10 mlrd dollar mablag‘ ajratgani to‘g‘risidagi xabardan so‘ng turk lirasi 7 foizga mustahkamlandi.

“Birlashgan Arab Amirliklari Turkiyaga investitsiya kiritish uchun 10 mlrd dollar miqdorida mablag‘ ajratdi”, — dedi Abu-Dabi davlat investitsiya fondi (ADQ) raisi Muhammad Hasan as-Suvaydiy.

Xabar qilinishicha, Turkiya va BAA savdo, energetika va boshqa sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha to‘qqizta shartnoma imzolagan.

Hujjatlarni imzolash marosimi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Abu-Dabi valiahd shahzodasi shayx Muhammad bin Zayd al-Nohayon o‘rtasidagi muzokaralar yakunida imzolandi.

Shundan so‘ng turk lirasining dollarga nisbatan kursi 12,7 liradan 11,66 liraga o‘zgardi.

Yil boshidan buyon Turkiya valutasi 70 foizga qadrsizlandi. Yanvarda bir dollar 7,3 lira atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 23 noyabr kuni 13,15 lirani tashkil etdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid