Jahon | 21:33 / 25.11.2021
2540
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiyada koronavirus sababli favqulodda vaziyat rejimi joriy etiladi

Mamlakatda o‘tgan yili bahor va kuzda favqulodda vaziyat rejimi kiritilgan va 2021 yil 11 aprelda bekor qilingandi.

Foto: Reuters

Koronavirus sababli Chexiya hukumati 26 noyabrdan boshlab 30 kunga favqulodda vaziyat rejimini joriy etadi. Bu haqda Mlada fronta DNES gazetasi xabar berdi.

Chexiya bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Andrey Babish bu ma'lumotni tasdiqladi.

“Chexiyada kovid epidemiyasi kuchayib borayotgani uchun yana favqulodda vaziyat rejimi amal qila boshlaydi. Rejim jumadan boshlab 30 kunga joriy etiladi”, — dedi u.

Chexiyada o‘tgan yili bahor va kuzda favqulodda vaziyat rejimi kiritilgan va 2021 yil 11 aprelda bekor qilingandi.

Avvalroq Fransiyada koronavirus yuqtirish holatlari o‘sayotgani sababli yangi cheklov choralari e'lon qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid