Qirg‘izistonda hokimiyatni kuch bilan egallashga urinishning oldi olingani xabar qilindi
Qayd etilishicha, ommaviy norozilik namoyishlarini tashkil etish uchun mingga yaqin tajovuzkorlik kayfiyatidagi yoshlar saralab olingan.
Qirg‘iziston maxsus xizmatlari mamlakatda hokimiyatni kuch bilan egallashni rejalashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi, deb xabar berdi Interfaks mamlakat davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabariga asoslanib.
“Alohida buzg‘unchi kayfiyatdagi, orasida parlament deputatlari va sobiq yuqori mansabdagi amaldorlar rahbarligidagi shaxslar guruhining jinoiy faoliyatiga oid rad etib bo‘lmas dalillar olindi. Ma'lum bo‘lishicha, ushbu guruh bo‘lajak parlament saylovlari natijalari e'lon qilinganidan so‘ng alohida siyosiy kuchlar, jumladan, saylovda mag‘lub bo‘lganlarning qo‘llab-quvvatlashi ostida vaziyatni keskinlashtirish, huquq-tartibot kuchlari bilan to‘qnashuvlar uyushtirish va kelgusida hokimiyatni kuch bilan egallash maqsadida Bishkekda ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazishni rejalashtirgan”, — deyiladi qo‘mita matbuot xizmati xabarida.
Qo‘mitaning qayd etishicha, ommaviy norozilik namoyishlarini tashkil etish uchun mingga yaqin tajovuzkorlik kayfiyatidagi yoshlar saralab olingan, ular bilan mafkuraviy ishlar olib borilgan, ommaviy tartibsizliklar uyushtirish rejasi muhokama qilingan.
Tintuvlar jarayonida o‘qotar qurollari, o‘q-dorilar va giyohvandlik moddalari topilgan.
Ushbu guruhning 15 dan ortiq faol a'zolarini hibsga olish va javobgarlikka tortish bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ayrim siyosatchilar mamlakatda qurolli to‘ntarishni amalga oshirishni rejalashtirayotganini aytgandi.
“Ularning barchasini bilamiz. Dalillar to‘plandi. Saylovlardan so‘ng (28 noyabrda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi) ularga nisbatan keskin choralar ko‘riladi”, — degandi Japarov aryba.kg nashriga bergan intervyusida.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024