63-maktab rahbariyatiga intizomiy chora ko‘rilmagan - Samarqand XTB
Samarqand shahrida 13 yoshli o‘quvchi qiz homilador bo‘lib qolgani uchun maktab rahbariyati jazolanmagan. Bu haqda viloyat XTB Kun.uz’da berilgan maqola yuzasidan bildirgan munosabatida ma'lum qilgan.
Samarqand shahrida 13 yoshli o‘quvchi qizning homilador bo‘lib qolgani haqida Kun.uz’da «Yaxshilab o‘rganamiz va duch kelganni jazolaymiz» — Homilador o‘quvchi qiz voqeasida kimlarga chora ko‘rilyapti?” sarlavhasi bilan maqola berilgandi. Maqolada hodisa sababli Xalq ta'limi mutasaddilari tomonidan maktab direktori va o‘qituvchilaridan ishdan bo‘shash haqida ariza yozdirib olingani tanqid ostiga olingandi. Viloyat XTB maqola yuzasidan bildirgan munosabatda maktab rahbariyati jazolanmaganini ma'lum qildi.
Munosabatda qayd etilishicha, 13 yoshli o‘quvchining homilador bo‘lib qolgani ommaga oshkor bo‘lgan kunning o‘zida viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi, shahar Xalq ta'limi bo‘limi va huquqni muhofaza qiluvchi organlardan iborat ishchi guruh a'zolari vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida dastlabki o‘rganish ishlarini olib borgan.
O‘rganish davomida maktab direktori va pedagoglar jamoasi bilan suhbat o‘tkazilgan. Ularga holat bo‘yicha tegishli huquq-tartibot organlari surishtiruv ishlari olib borayotgani tushuntirilgan.
“Shu o‘rinda bugungi kunga qadar maktab rahbariyatiga nisbatan intizomiy chora ko‘rilmagani ma'lum qilinadi”, deyiladi munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 13 yoshli qiz bilan muttasil jinsiy aloqa qilib kelgan F.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:43 / 27.11.2024
Samarqandda hisobchi tadbirkorning 6,4 mlrd so‘mini onlayn qimorda yutqazib qo‘ydi
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:49 / 14.11.2024