Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida avgust oyida oila qurgan er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi.
26 noyabr kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani «Sultonobod» mahallasidagi xonadonlarning birida yashagan oila is gazidan zaharlandi.
Tuman hokimining tegishli qarorida qayd etilishicha, buning natijasida fuqaro D.Sh.Abduhakimov (1995 y.t.) va uning turmush o‘rtog‘i S.I.Abduxakimova (1997 y.t.) vafot etgan. Gazeta.uz’ning yozishicha, ular 2021 yilning avgust oyida oila qurgan bo‘lgan.
Hokim qarori bilan sodir bo‘lgan baxsiz hodisaning sabablarini tekshirish bo‘yicha tuman komissiyasi tarkibi tasdiqlangan.
Tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilganda D.A. uyning yashash xonadoniga 25 noyabr kuni kechki vaqtda qo‘lbola usulda yasalgan tabiiy isituvchi pechni olib kelib qo‘ygani ma'lum bo‘lgan. Biroq, isitish pechi o‘rnatilmagan hamda dudbo‘ron qo‘yilmagan.
Xonadonga gaz o‘tkazilishiga oid hamda qo‘lbola usulda yasalgan temir pech, 15 metrlik oq rangli rezina shlang va tejamkor yondirgich (garelka) ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma'lumotnomasida fuqarolarning o‘limiga noma'lum etiologiyali zaharlanish, o‘tkir yurak qon tomir nafas yetishmovchiligi, miya va o‘pkalar shishi sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024
Toshkent viloyatida “zakladchiklar” qo‘lga olindi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024