Jahon | 20:30 / 29.11.2021
2725
1 daqiqa o‘qiladi

Twitter asoschisi kompaniya bosh direktorligini tark etdi

Jyek Dorsi Square kompaniyasining ham asoschisi hisoblanadi. Forbes uning boyligini 11,8 milliard dollar deb baholagan.

Foto: Getty Images

Twitter kompaniyasi direktorlar kengashi Parag Agravalni kompaniya bosh direktori lavozimiga tasdiqladi, deb xabar berdi Reuters.

Agraval kompaniyaning bosh texnologik direktori lavozimida ishlagan. U ilgari Microsoft Research va «Yahoo! Tadqiqotlar»da rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Avvalroq CNBC kompaniya asoschisi va bosh direktori Jyek Dorsi lavozimini tark etishi haqida xabar qilgandi. 

Dorsi Square kompaniyasining ham asoschisi hisoblanadi. Forbes uning boyligini 11,8 milliard dollar deb baholagan.

2021 yil uchinchi choragida Twitter 1,28 milliard dollar daromad ko‘rgan bo‘lib, buning 1,14 milliard dollari reklamadan kelgan.

Kompaniya 2006 yilda tashkil etilgan. U dunyo bo‘yicha 35dan ortiq ofisiga ega. 2021 yil aprel holatiga ko‘ra, kompaniyada 5500dan ortiq kishi mehnat qiladi. O‘tgan yili Twitter ijtimoiy tarmog‘idan kuniga 192 million kishi foydalangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid